10:06 / 22.01.2017
52470

Obamaning oddiy fuqaro sifatidagi birinchi kuni qanday o‘tdi?

Foto: Daily Mail

AQShning 44-prezidenti Barak Obama vakolatini topshirgan kunining ertasiga oddiy fuqaro sifatida golf maydonchasiga yo‘l oldi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar bermoqda

Obama 21 yanvar ertalab Kaliforniya shtatida, o‘z rafiqasi bilan to‘xtagan joy yaqinidagi sport-klubga tashrif buyurdi. Obama golf o‘ynash uchun Porcupine Creek Golf Club golf-klubining 18ta chuqurchali maydonini tanladi. Bu maydon shtatdagi eng yaxshilaridan biri hisoblanadi. Bu vaqt davomida sobiq prezidentdan sal nariroqda uni xavfsizlik xizmati xodimlari kuzatib turishgan.

Golf-maydoni egasi Oracle korporatsiyasi boshlig‘i, milliarder Larri Ellison hisoblanadi. Bu klubning a'zosi bo‘lish uchun taklifnoma kerak.

Nashrning ta'kidlashicha, Obama bu yerda avval ham golf o‘ynagan. 

Top