12:33 / 22.01.2017
13421

Ramos Aspas bilan bo‘lgan voqeaga izoh berdi

«Real» himoyachisi Serxio Ramos Ispaniya Kubogi birinchi chorak finalida «Selta»ga qarshi o‘yinda o‘zi ishtirokidagi hodisaga izoh berdi. Ispaniya OAV  «qaymoqranglilar» sardori o‘yin chog‘ida Galisiya jamoasi hujumchisi Yago Aspas tomon tupurgani borasida shov-shuv ko‘targan edi. «Selta» o‘yinchisi, keyinroq, buni sezmaganini tan olgandi. 

Ramos esa ayni shu holatga fikrini bildirgan. «Aspasga tupurish? Buning bari Barselonadan chiqqan narsa. Men undan 5 metr uzoqda emas. U hatto hech narsani sezgani ham yo‘q», — deya Ramos so‘zlarini keltiradi AS.

Top