11:51 / 22.01.2017
11649

Shtaynmayyer: Trampning saylanishi XX asr siyosiy davri yakunidir

foto: Frank-Valter Shtaynmayyer

Germaniya tashqi ishlar vaziri Frank-Valter Shtaynmayyerning fikricha, AQSh hukumatiga Donald Trampning kelishi bilan jahon siyosatidagi avvalgi holat tubdan o‘zgargan. 

U Bild am Sonntag nashrida chop etilgan maqolasida shunday fikrni bildirgan.

"Donald Trampning saylanishi bilan XX asr batamom yakunlandi", - deb yozgan Germaniya tashqi ishlar vaziri. 

"XXI asrda dunyo tartibiga doir qanday qarashlar tasdiqlanadi, ertaga dunyo qanday ko‘rinishda bo‘ladi, hozircha, aniqlab olingani yo‘q. Bu masala javobsiz qolmoqda", - deya fikr yuritgan Shtaynmayyer. 

Uning fikricha, jahon siyosatining hozirgi noaniqlik davrida "ko‘p narsa o‘ljaga qo‘yilgan".

Mavzuga oid
Top