15:41 / 23.01.2017
9959

Qirg‘iziston hukumati Boeing aviahalokatida jabrlanganlarga 280 ming dollar o‘tkazib berdi

Qirg‘iziston hukumati tomonidan yordam uchun maxsus ochilgan hisob raqamiga 280 ming dollardan ortiq mablag‘ kelib tushdi. Ular orqali Turkiyaga tegishli Boeing 747 yuk samolyotining Bishkek yaqinida falokatga uchrashida jabrlanganlarga yordam beriladi, deb xabar berdi Sputnik respublika favqulodda vaziyatlar vazirligiga asosan.  

Turkiya kompaniyalaridan biriga tegishli Boeing 747-400 samolyoti Bishkekdagi “Manas” xalqaro aeroportining uchish-qo‘nish qismidan 1,5 km uzoqlikda falokatga uchragan. Samolyot aeroport yaqinidagi qishloq ustiga tushdi. Buning oqibatida 32ta uy vayron bo‘ldi, 4 ekipaj a'zosi hamda 32 nafar mahalliy aholi vakili halok bo‘ldi. Avvalroq yana bir kishi hayotdan ko‘z yumgani haqida xabar bergandik.

Qirg‘iziston bosh vaziri qaroriga ko‘ra, mamlakat FVV jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish uchun taqdim etilayotgan mablag‘larni to‘plash uchun maxsus hisob raqamini ochgan.

"23 yanvar 13.00 holatiga ko‘ra Qirg‘iziston respublikasi FVVning maxsus hisob raqamiga 20 million 138 ming 400 som (taxminan 287 ming dollar) kelib tushdi", - deyiladi xabarda.

Mahkamaning xabar berishicha, hisob raqamiga istalgan valyutada pul o‘tkazish mumkin. Shuningdek, yordam hisob raqamiga Qirg‘iziston vazirlik va idoralari, hukumat apparti va mamlakat deputatlari korpusi o‘zining bir kunlik ish haqlarini o‘tkazmoqda.

Bishkek hokimiyati ma'lumotlariga ko‘ra, Qirg‘iziston poytaxtida fojia ro‘y bergach, jabrlanganlarga yordam berish bo‘yicha keng ko‘lamli harakatlar boshlanib ketdi. Shahar aholisi ikki kun davomida deyarli 9 tonna kiyim-kechak va oyoq kiyimi, gigiyena vositalari hamda oziq-ovqat mahsulotlarini yig‘ib berdi. 18 yanvar kuni gumanitar yordamni yig‘ish rasman tugatildi.

Mavzuga oid
Top