09:48 / 23.01.2017
18791

OAV: AQSh senatorlari Tramp va Putin o‘rtasidagi kelishuvga yo‘l qo‘ymoqchimaslar

Foto: Getty Images

AQShlik bir guruh senatorlar Donald Tramp tomonidan Rossiyaga qarshi sanksiyalarning bekor qilinishiga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qilmoqdalar, deb xabar bermoqda Politico nashri.

Bu haqda senatorlar Chak Shumer va Jon Makkeyn ma'lum qildilar. 

Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan kelisha olishi mumkinligini aytgandi. Uning aytishicha, u yadroviy qurollarni qisqartirish kelishuvi o‘rniga Rossiyadan sanksiyalarni olishi mumkin.

Makkeyn va Shumer o‘z navbatida bunga qarshi chiqmoqdalar va bu kelishuvga xalaqit qiladigan qonun loyihasini taqdim qilmoqchilar. Ta'kidlanishicha, qonun loyihasini senatorlar Ben Kardin va Lindsi Grem ham qo‘llab-quvvatlaganlar. 

"Agar biz sanksiyalarni bekor qilsak, Rossiya bizning saylovlarga aralashishni va yomon ishlar qilishni davom ettiradi. Bu juda yomon bo‘lardi. Shuning uchun bu qonun qo‘llab-quvvatlanadi, deb umid qilaman", deb aytgan Shumer.

Top