02:17 / 23.01.2017
12268

«Real»ning ikki yetakchi futbolchisi jarohat olib, bir oyga safdan chiqdi

Madridning «Real» klubi ikki nafar asosiy tarkib futbolchilari jarohati sabab o‘yinlarda biroz muddat ishtirok eta olishmaydigan bo‘ldi.

Marca nashri bergan xabarga ko‘ra, himoyachi Marselo va yarimhimoyachi Luka Modrich «Malaga»ga qarshi Ispaniya chempionati doirasidagi uchrashuvda (2:1) jarohat olishgan va  endilikda 3-4 hafta davomida maydonga tusha olishmaydi.

Shuningdek klub hujumchisi Krishtianu Ronalduning holati ham so‘roq ostida qolmoqda. O‘yin davomida uning qo‘li shikastlangan va futbolchi tez orada chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va vaziyat bo‘yicha tibbiy xulosa chiqariladi.

Mavzuga oid
Top