09:10 / 23.01.2017
15381

Samsung Galaxy Note 7 smartfonlarining yonib ketishiga nima sabab bo‘lganini ma'lum qildi

Foto: BGR.com

Samsung Galaxy Note 7 smartfonlarining yonib ketishiga loyihalashtirish va akkumulyatorlar yig‘ish texnologik jarayonidagi xatolar sabab bo‘lgan. Bu haqda Samsung xabar berdi, deya ma'lum qildi USA Today.

«Bu biz uchun juda ham og‘ir bo‘lgan bir necha oy edi. Holat iste'molchilar, sheriklarimiz va xodimlarimizga jiddiy ta'sir ko‘rsatdi va biz bunda o‘z aybimiz borligini tan olamiz», - dedi kompaniyaning AQShdagi bo‘linmasi prezidenti Tim Bakster.

Uning ta'kidlashicha, kompaniya so‘nggi oylarda inqirozli vaziyatlarni boshqarish sohasida katta tajribaga ega bo‘ldi.

Avvalroq bir qator OAV Galaxy Note 7 qurilmasi yonib ketishiga akkumulyatorning nostandart hajmi sabab bo‘lgani haqida yozishgandi.

Mavzuga oid
Top