21:08 / 23.01.2017
11786

Stefan Prisner: O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi BMT tizimi uchun yangilikdir

Ma'lumki, 23 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan "2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha harakatlar strategiyasi" loyihasining jamoatchilik muhokamasi dasturiga start berildi. Unda davlat hukumati organlari hamda ijtimoiy tashkilotlar vakillari, diplomatlar, ekspert va jurnalistlar bilan bir qatorda xorij diplomatik korpuslar vakillari ham ishtirok etishdi. BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori Stefan Prisner ushbu mediahaftalik borasida o‘z fikrini bayon etdi. 

"O‘ylashimcha, yangi strategiyaga asoslangan mediahaftalikning tashkil etilishi juda muhim va qadrli tashabbusdir. Mazkur tadbirni tashkil qilishda qatnashgan barcha insonlar minnatdorchilik bildirishga arziydi. Bu shuning uchun ham muhimki, strategiya mamlakatning kelgusi 5 yildagi maqsadlarini belgilab beradi va maqsadga erishish hamda resurslar bilan ta'minlashda asos bo‘lib xizmat qiladi. Biz ushbu strategiyaning detallarini ko‘rib chiqishimiz kerak, chunki bu BMT tizimi uchun yangilikdir. Davlatning 5 ustuvor yo‘nalishini batafsil o‘rganib, uni mamlakat bilan hamkorlikni yanada yaxshilashda qo‘llashimiz mumkin bo‘ladi. Men ularning barchasi muhim va tahsinga sazovor deb hisoblayman. Shuningdek medianing muhimligini ham alohida ta'kidlab o‘tmoqchi edim, bu juda qadrli", - dedi Stefan Prisner. 

Top