09:07 / 23.01.2017
38393

Video: Xitoyda o‘n soniya ichida 19ta bino portlatildi

Foto: The Daily Mail

Xitoyning Xubey viloyatida joylashgan Uxan shahrida o‘n soniya ichida nazorat qilingan portlatish orqali 19ta ko‘p qavatli uy yo‘q qilindi. Bu haqda The Daily Mail gazetasi xabar berdi.

150 ming kvadrat maydonda bo‘lgan beton imoratlarni bir vaqtda buzish uchun deyarli besh ming tonna trotil kerak bo‘ldi. Portlovchi modda binolardagi 120 mingta joyga o‘rnatib chiqilgan. Nashrning ta'kidlashicha, 12 qavatli uylarning “portlatilishi” 21 yanvar kuni ro‘y berdi.

Yo‘q qilingan binolar o‘rnida biznes-mavze, shuningdek, balandligi 707 metr bo‘lgan osmono‘par imorat qurilishi rejalashtirilgan.

 

Top