20:49 / 24.01.2017
8256

BMT: IShID jangarilari Mo‘suldagi tinch aholiga hujum qilmoqda

Foto: REUTERS/ Stringer

IShID jangarilari Iroqning Mo‘sul shahrini tark etmoqchi bo‘lgan tinch aholiga hujum qilmoqda va shifoxonalarni harbiy baza sifatida qo‘llamoqda. Bu orada oddiy aholi xalqaro koalitsiya aviazarbalaridan halok bo‘lmoqda, deb aytdi Jyenevada BMTning inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi matbuot kotibi Ravin Shamdasaniy.

Shamdasaniyning aytishicha, xalqaro koalitsiyaning Mo‘sulga bergan aviazarbalari oddiy aholi orasida qurbonlarga olib kelmoqda.

"Biroq IShID jangarilari tinch aholi uylarida, fuqarolik infratuzilmasida joylashib olgani hamda fuqarolarni tirik qalqon sifatida qo‘llashi sababli necha kishi yarador bo‘lgani va necha kishi halok bo‘lganini tasdiqlash qiyin", deb aytdi Shamdasaniy.

Shamdasaniyning aytishicha, jangarilar shifoxonalarni egallab olib, ularni harbiy bazalar sifatida qo‘llamoqda hamda asosiy oziq-ovqat, tibbiy zaxira va suvni jangarilarga yubormoqda.

Top