19:12 / 24.01.2017
14884

Eng yaxshi erkak roli uchun “Oskar”ga nomzodlar ma'lum bo‘ldi

Foto: AFP 2017/ Emmanuel Dunand

Aktyorlar Keysi Afflek, Rayan Gosling, Endryu Garfild, Denzel Vashington, Viggo Mortensen nomzodlari “Oskar” mukofotiga eng yaxshi erkak roli uchun  qo‘yildi.

Nomzodlardan biri Keysi Afflek “Dengizdagi Manchester” filmi uchun “Oltin globus” mukofotini qo‘lga kiritdi. Kinotanqidchilar Rayan Gosling haqida ham ijobiy fikr bildirgan. U “Oskar”ni “La-la-lend” myuziklidagi bosh roli uchun qo‘lga kiritishi mumkin.

Shuningdek, mukofotga nomzodlar ro‘yxatidan Endryu Garfild (“Vijdon nuqtai nazaridan”), Viggo Mortensen (“Kapitan Fantastik”)  va afroamerikalik Denzel Vashington (“To‘siqlar”) ham o‘rin oldi.

89-mukofotning tantanali topshirish marosimi 26 fevral kuni Los-Anjyelesdagi Dolby Theatre’da bo‘lib o‘tadi. Uni ABC’dagi kechki shou boshlovchisi Jimmi Kimmel olib boradi.

Mavzuga oid
Top