10:46 / 24.01.2017
8239

OAV: AQSh kurdlar nazoratidagi hududda harbiy baza tashkil etdi

foto: AP

AQSh Suriya shimoli-sharqidagi Al Xasaka shahrida harbiy bazasini tashkil etgan. U Turkiya chegarasidan 70 km va Iroqdan 50 km uzoqlikda joylashgan, deb xabar qilmoqda Daily Sabah.

OAVning Suriya demokratik kuchlaridagi manbaga tayangan holda xabar qilishicha, AQSh mazkur bazaga 800 nafar harbiy xizmatchisini joylashtirgan. 

Nashrning yozishicha, 2013 yildan Al Xasakining aksar tumanlari Suriyaning "Demokratik ittifoqi" kurd partiyasi nazorati ostida. Turkiya ularni Kurdiston ishchi partiyasi (Turkiyada terrorchilik tashkiloti, deb tan olingan) tarafdorlari deb biladi. 

2014 yildan AQSh va uning ittifoqchilari Iroq va Suriyada IShIDga qarshi havo zarbalari berib keladi. 

Top