08:36 / 25.01.2017
6677

Tsukerberg AQSh prezidentligiga o‘z nomzodini qo‘yishi mumkinligi borasidagi gap-so‘zlarga oydinlik kiritdi

Facebook asoschisi Mark Tsukerberg AQSh prezidentligiga o‘z nomzodini qo‘yishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga oydinlik kiritdi, deb xabar qildi BuzzFeed.

«Yo‘q», - deya yozgan Tsukerberg nashrning savoliga javoban.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ayni damda ijtimoiy tarmoq va Chan Zuckerberg Initiative jamg‘armasi bilan band.

Facebook asoschisiga yaqin manbaning ta'kidlashicha, Tsukerbergning prezidentlikka o‘z nomzodini ehtimoliy qo‘yishi haqidagi gap-so‘zlar ishonchli asosga ega emas.

Avvalroq Tsukerberg AQShning barcha shtatlariga yil oxiriga qadar tashrif buyurish niyatida ekanini ma'lum qilgandi. BuzzFeed’ning ta'kidlashicha, bu uning prezidentlikka o‘z nomzodini qo‘yishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarni keltirib chiqargan.

Mavzuga oid
Top