19:31 / 25.01.2017
7910

Donald Tramp inauguratsiyasi Twitter’da eng ko‘p ko‘rilgan translyatsiya bo‘ldi

AQShning 45-prezidenti inauguratsiyasini Twitter’dagi PBS NewsHour dasturi to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiyasi davomida 6,824 million kishi tomosha qildi. Bu esa ushbu ijtimoiy tarmoq uchun rekord sanaladi, deb xabar berdi Variety.

Translyatsiyani Tramp qasamyodi paytida eng ko‘p odam ko‘rgan – bir vaqtda 377 ming inson kuzatdi. Bunga qadar esa AQShdagi 2016 yilgi prezidentlik saylovlari Twitter’da eng ko‘p tomosha qilingan translyatsiya bo‘lgandi. Uni BuzzFeed namoyish etgan bo‘lib, o‘shanda videoni 6,8 million inson ko‘rgan.

Mavzuga oid
Top