19:01 / 25.01.2017
12114

Lavrov: Tramp – bitimlar ustasi, Putin ham undan qolishmaydi

Foto: AFP 2017/ Don Emmert

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Davlat dumasining "hukumat soati"da chiqish qilar ekan, Rossiya va AQSh munosabatlarining istiqboli haqida fikrlarini bildirdi. Ammo, uning so‘zlariga ko‘ra, rasmiy Moskva Vashington bilan munosabatlarda yangi "kuchaytirish" bo‘lishiga doir xomxayolga berilgani yo‘q. 

"Biz buni kutayotganimiz yo‘q. Bilamiz, Tramp kelishuvlarga erishish bo‘yicha usta, biroq, Vladimir Putin ham kelisha oladi — va har doim Rossiya manfaatlarida", — degan Lavrov.

"Vashington bilan o‘zaro hamkorlikni tiklash uchun vaqt va jiddiy ishlash talab etiladi", - deya qayd etgan TIV rahbari. 

Lavrovning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya tomoni Trampning boshqa davlat ichki ishlariga aralashmaslikka doir avval bergan bayonotiga sodiq qolishiga umid qilmoqda. 

Mavzuga oid
Top