8562.34 USD +26.60

9731.96 EUR +165.96

135.34 RUB +2.77

10908.4 GBP +161.92

19:21 / 25.01.2017 18631

«Real» islom diniga e'tiqod qiluvchi mamlakatlar uchun o‘z ramzini o‘zgartirishga rozi bo‘ldi

Madridning «Real» klubi Yaqin Sharq mamlakatlarida o‘z mahsulotlarini sotish maqsadida atributikasiga joylashtirilgan klub ramzidan xoch tasvirini olib tashlaydi. Bu haqda El Confidencial nashri xabar tarqatdi.

Manbaga ko‘ra, BAAda joylashgan Marka kompaniyasi «Real» klubi ramzi tushirilgan atributkalarni Yaqin Sharq mamlakatlari — BAA, Saudiya Arabistoni, Qatar, Kuvayt, Baxrayn va Ummonda sotish huquqini qo‘lga kiritgan.

Kelishuvga ko‘ra, «Real» islom diniga e'tiqod qiluvchi mamlakatlari madaniyatidan kelib chiqqan holda klub ramzidagi tojdan tepasidagi xoch tasviri olib tashlanadi.

Top