16:57 / 25.01.2017
5079

Spiegel: Bundesverning ilk askarlari Litvaga yetib keldi

Germaniya Qurolli kuchlarining ilk harbiy bo‘linmalari Litvaga yetib keldi. Ular NATOning ko‘pmillatli batalonini kengaytirish dasturi doirasida Boltiqbo‘yining ushbu mamlakatida joylashadi, deb yozmoqda Spiegel.

Dastlab, harbiylarni olib kelgan transport samolyoti Vilnyus aeroportiga qo‘nishi rejalashtirilgan edi. Biroq, noqulay ob-havo rejalarni o‘zgartirib yuborgan. 

Nashrga ko‘ra, Germaniya askarlari NATOning Litvadagi batalonida muhim o‘rin tutadi. Tez orada ularning safiga Belgiya, Niderlandiya va Norvegiya askarlari ham kelib qo‘shiladi. Bundesver qo‘mondonligi bir necha bosqichda respublikaga 450 nafar askar va harbiy texnikalar, shu jumladan zirxli tanklarni ham keltiradi. Batalonning 1200 kishilik tarkibi may oyida to‘liq hosil qilinadi. 

Eslatib o‘tamiz, NATOning 2016 yil iyul oyida Varshavada bo‘lib o‘tgan sammitida 2017 yili Polsha va Boltiqbo‘yi mamlakatlarida to‘rtta ko‘pmillatli batalonni joylashtirishga kelishib olingan edi. Al'yansga ko‘ra, bu Rossiyani "tutib" turishga qaratilgan. Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov esa, AQSh va NATO "Sharqdan tahdid" uydirmasi asosida Moskva bilan munosabatlarini qasddan keskinlashtirayotgani haqida bayonot bergandi.

Mavzuga oid
Top