14:43 / 25.01.2017
16119

O‘zbekiston ot sporti federatsiyasiga yangi rais tayinlandi

Milliy olimpiya qo‘mitasida O‘zbekiston ot sporti federatsiyasining hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar bermoqda.

Konferentsiyani Milliy olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov olib bordi. Unda dastlab qilingan ishlar yuzasidan federatsiya Ijroiya qo‘mitasi hamda taftish komissiyasining 2013-2016 yillar uchun hisobotlari tinglandi.

Konferentsiyada tashkiliy masala ham ko‘rib chiqildi va O‘zbekiston ot sporti federatsiyasi raisi etib O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi raisi Qudratilla Rafikov bir ovozdan saylandi. 

Shuningdek, federatsiya Bosh kotibi lavozimiga Eldar Anarboyev, rais o‘rinbosari lavozimlariga esa Avaz Karimov, Feruz Abdullayev, Avaz Ismoilovlar saylanishdi. Shu bilan birga, taftish komissiya hamda Ijroiya qo‘mitasi a'zolarining yangi tarkibi ham tasdiqlandi.

Top