14:41 / 26.01.2017
19909

10 ming dollarni sotgan valyutafurushlar ushlandi

Foto: Vice.com

Oramizda hayotning mohiyatini faqat puldan iborat, deb hisoblaydigan kimsalar borki, ular o‘ziga qolsa har narsani shu qarichda o‘lchaydi. Biroq bu o‘lchov bilan uzoqqa borish imkonsiz ekanini tushunavermaydi. Tushunganida esa... Noqonuniy valyuta oldi-sotdisini o‘ziga kasb qilganlar ham shu toifa insonlardandir. Boisi, valyutafurushlar qilayotgan ishlarini jinoyat ekanini bilsalarda-da, bu yo‘lni tark etishni istamaydilar.

“Huquq” gazetasining yozishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departament organlari tomonidan bu kabi holatlarni aniqlash hamda ularning faoliyatiga barham berish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, departamentning Sariosiyo tuman bo‘limi tomonidan olingan tezkor ma'lumotga asosan, IIB xodimlari bilan hamkorlikda Sariosiyo tumanidagi “Buyrapush” mahallasida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Abduhakim Hasanov, Samanbek Norchayev va Abduolim Xidirov (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) fuqarolar O.Shamilov va N.Do‘smatovga 10 500 AQSh dollarini 68 mln. 775 ming so‘mga sotgan vaqtida ushlandi.

Aybdorlarga nisbatan jazo muqarrarligi ta'minlandi.

Mavzuga oid
Top