03:30 / 26.01.2017
6479

Angliya Liga kubogi. "Sauthempton" "Liverpul"ni yengib, finalga chiqdi

Foto: Twitter/LFC

Angliya ligasi kubogi yarim finalining javob o‘yinida "Liverpul" o‘z uyida "Sauthempton"ni qabul qilib, 1:0 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Uchrashuvdagi yagona gol o‘yinning so‘nggi daqiqasida Sheyn Long tomonidan kiritildi.

Jamoalar o‘rtasiga birinchi o‘yin ham 1:0 hisobida "Sauthempton" foydasiga hal bo‘lgan edi.

Liverpul – Sauthempton 0:1 (0:0, 0:1)
Gol:
0:1 – 90 Long.
Liverpul – Karius, Aleksander-Arnold, Lovren, Matip, Lallana, Xenderson, Koutino (Veynaldum, 87), Djan (Origi, 78), Firmino, Milner, Starridj.
Sauthempton – Forster, Stivens, Bertran, Soaresh, Yosida, Tadich, Uord-Prouz (Xeyberg, 59), Redmond (Sims, 81), Devis, Rodriges (Long, 46), Romeu.

Mavzuga oid
Top