10:07 / 26.01.2017
5412

Fransiya mudofaa vaziri sotsialistlar tortishuvi vaqtida uxlab qoldi

Fransiya mudofaa vaziri Jan-Iv Le Drian praymerizning ikkinchi turidan avvalgi sotsialistlar bahslari o‘tayotgan zalda uxlab qoldi. Bu haqda jurnalist Tom Vampuy Twitter’dagi o‘z mikroblogida xabar berdi.

«Le Drian uxlab qoldi», - deya yozgan Vampuy. U shuningdek tvitga to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiyadan olingan kadrni ham qo‘shib qo‘ygan.

Suratda prezidentlikka nomzodlar – sobiq bosh vazir Manuel Vals va sobiq ta'lim vaziri Benua Amon munozarasi paytida birinchi qatorda o‘tirgan Le Drian boshini tushirib, ko‘zlarini yumib olganini ko‘rish mumkin.

Vals va Amon o‘rtasidagi bahslardan jonli translyatsiyani France2 telekanali efirga uzatdi. Praymerizning ikkinchi turi 29 yanvar kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Top