23:39 / 26.01.2017
9087
Qirg‘iziston prezidenti Bishkek fojiasida halok bo‘lganlar haqiga duo qildi
Foto: © KR / Sultan Dosaliyev

Qirg‘iziston Prezidenti Almazbek Atambayev Bishkekda samolyotning aviahalokatga uchrashi oqibatida halok bo‘lgan insonlarning oila a'zolari bilan uchrashdi. Davlat rahbari uchrashuv davomida fojia sabab uyini yo‘qotganlarni tezkor ravishda boshpana bilan ta'minlash zarurligini aytgan.

Prezident Almazbek Atambayevning shaxsan o‘zi marhumlar haqiga duo qilgan. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lumot o‘rnida Turkiya kompaniyalaridan biriga tegishli Boeing 747-400 samolyoti Bishkekdagi “Manas” xalqaro aeroportining uchish-qo‘nish qismidan 1,5 km uzoqlikda falokatga uchragan. Samolyot aeroport yaqinidagi qishloq ustiga tushdi. Buning oqibatida 32ta uy vayron bo‘ldi. So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, ushbu fojiada 43 kishi nobud bo‘lgan.

Top