13:24 / 26.01.2017
10324

«Lokomotiv» yana bir futbolchini o‘z safiga qo‘shib oldi

Toshkentning «Lokomotiv» klubi «Buxoro» klubida to‘p surib kelgan yarimhimoyachi Salamat Qutiboyevni o‘z safiga qo‘shib oldi. Bu haqda «temiryo‘lchilar» rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Manba bergan ma'lumotga ko‘ra, tomonlar 2 yilga mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekishgan.

Eslatib o‘tamiz, shu paytga qadar «Lokomotiv» Murod Bobojonov, Shuhrat Muhammadiyev va Diyor Turopov, shuningdek ivuarlik Muhammad Kone, Gnoxore Krizo kabi futbolchilarni o‘z safiga qo‘shib olgandi.

Top