15:49 / 26.01.2017
13517

«Match TV» direktori nima uchun La Liga translyatsiya qilinmayotganini tushuntirdi

«Match TV» bosh direktori Tina Kandelaki nima uchun telekanal Ispaniya chempionati o‘yinlarini translyatsiya qilmayotganini aytib berdi. 

«La Ligani va alohida Rolling Stones konserti kabi barcha ko‘rishni xohlaydigan el klasikoni hurmat qilgan holda – raqamlar taqqoslab bo‘lmaydigan darajada. Ular xarajatni oqlamaydi. Avvalgi narxda ham xarajatlarni qoplash qiyin bo‘lsa-da, telekanal yuzi uchun bunga ko‘z yumsa bo‘lardi.

Biroq «Match TV»da hammasi sinchiklab tekshiriladi va tahlil qilinadi, shu sababli hozirgi vaqtdagi holat yuz berdi. Biz ispanlar bilan muzokaralar olib bormoqdamiz, biroq kelishuvga erishishga huquq uchun yuqori narx xalaqit bermoqda», – dedi Kandelaki.

Top