23:24 / 26.01.2017
21383

O‘zbekistonda arzon uy-joylar qurish masalasi Harakatlar strategiyasida muhokama qilindi

Ma'lumki, 23-27 yanvar kunlari O‘zbekistonni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha loyihalar taqdimoti va muhokamasiga doir mediahaftalik bo‘lib o‘tmoqda. 26 yanvar mavzusi - ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor  yo‘nalishlari. 

Harakatlar strategiyasidan o‘rin olgan 4.3 bandidagi arzon uy-joylar qurish bo‘yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish borasida kelgusi yillarda nimalarni kutish mumkin? 

Arzon uylar qurish bo‘yicha qishloq joylarida 3 turdagi loyihalar ishlab chiqilgan.

  • 2 qavatli, 4 pod'yezdli uylar;
  • 1 qavatli, yer uchastkasi 2 sotix bo‘lgan uylar;
  • 2 qavatli, 4 sotixli qo‘shaloq uylar.

Shaharlarda 5, 7 va 9 qavatli uylar loyihalari ishlab chiqildi. Yana muhim masalalardan biri - uylarning sifatli qurilishini ta'minlash ekanligiga urg‘u berildi. 

Besh yillik strategiya davomida qishloq joylarda 85 mingdan ortiq uy-joylar qurilishi rejalashtirilgan. Birgina 2017 yilning o‘zida 15 mingdan ortiq uy-joy qurish ko‘zda tutilmoqda. 

Bularning barchasi aholini  arzon, o‘rtacha ish haqi oladigan kishilar uchun hamyonbop uy-joylar bilan ta'minlash maqsadida amalga oshirilgan. Mutaxassislarimizning so‘zlariga ko‘ra, yangi tizim bo‘yicha qurilgan uylarni byudjyet tashkilotlarda ishlaydigan xodimlar bemalol xarid qilishga va 15 yil kredit to‘lovini to‘lashga qurbi yetadi.

Top