09:37 / 27.01.2017
7221

BAA poytaxtidagi eng yirik savdo markazida yong‘in yuz berdi

BAA poytaxti Abu-Dabidagi eng yirik savdo markazi "Yas moll"da joylashgan tez ovqatlanish restoraniga tashrif buyurgan kishilar kafedagi kichik yong‘in sabab xavfsiz joyga ko‘chirildi. Bu haqda Amirliklarning "Imarat al-yaum" elektron gazetasi savdo markazi ma'muriyatiga asosan xabar berdi.

Nashrning aniqlik kiritishicha, fuqaro mudofaasi xizmati xodimlari yong‘inni tezlikda bartaraf etishgan, hodisa oqibatida hech kim jabrlanmadi.

Do‘kon rahbariyatining ta'kidlashicha, faqatgina kafe va restoranlar joylashgan qavatdagi kishilar xavfsiz joyga ko‘chirilgan. Savdo markazining qolgan bo‘limlari odatiy ish tartibida ishlamoqda.

Top