13:52 / 27.01.2017
5639

Ilon Mask Los-Anjyeles ostida tunnel qazimoqchi

Ilon Mask Los-Anjyeles ostida tunnel qazimoqchi. Bu haqda ishbilarmon Twitter’da yozgan. Tunnel Mask tomonidan 2016 yil oxirida aytib o‘tilgan yer osti yo‘llari qurilishidagi ilk qadam bo‘ladi.

Avvaliga Mask “taxminan bir oydan so‘ng qazishni boshlashi” haqida yozdi. Keyinroq esa bu gaplari haqiqat ekanini tasdiqladi.

Mask 2016 yili Twitter’da: “Avtomobillar tirbandligi meni aqldan ozdirmoqda. Men burg‘ulash mashinasini qurib, qazishni boshlamoqchiman...”, deb yozgandi.

Shundan so‘ng u bu hazil emasligini va tunnellarni burg‘ulash bo‘yicha yangi kompaniyasi nomini ham o‘ylab qo‘yganini aytib o‘tgan.

Mask 2016 yil boshidagi SpaceX Hyperloop loyihasiga bag‘ishlangan tadbirda tunnellarning yer osti yo‘llaridagi o‘rni haqida gapirib o‘tgan. O‘shanda u ularni har xil darajada qurish mumkinligini ham ma'lum qilgandi. Shu tariqa katta shaharlardagi tirbandlikka barham berish mumkin ekan.

Mavzuga oid
Top