21:21 / 27.01.2017
8158

Kaliforniyani AQSh tarkibidan chiqarib olish tarafdorlariga imzolar to‘plashga ruxsat etildi

Foto: @YesCalifornia

Kaliforniya shtatini mustaqil bo‘lishi uchun intilayotgan Yes California harakati konstitutsiyadagi hududiy yaxlitlikni o‘zgartirishni qo‘llab-quvvatlovchi referendum o‘tkazish uchun imzolar yig‘ishga ruxsat oldi. Bu haqda Los Angeles Times gazetasi xabar bermoqda.

Hozirgi paytda Kaliforniya shtatining Qo‘shma Shtatlar tarkibidan chiqish imkoniyati yo‘q. Bunga hududiy qonunchilikdagi ikkita band to‘sqinlik qilmoqda. Ulardan birinchisi «barcha shtatlar AQShning yaxlitligini tasdiqlasa», ikkinchisi esa konstitutsiyani Amerikaning asosiy qonuni, deb ko‘rsatadi. Agar referendum o‘tkazilsa va ko‘pchilik yuqoridagi qonunlarga qarshi ovoz bersa, u holda Yes California faollari Calexit’ga (Kaliforniyaning mustaqilligi bo‘yicha Brexit’ning analogi) ovoz berish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. 

Nashrning tasdiqlashicha, Calexit bo‘yicha ovoz berish uchun shtatning yarim saylovchilari ishtirok etishlari lozim bo‘ladi. Ijobiy natijaga erishib, Kaliforniyaning mustaqil davlat deb e'lon qilish uchun esa saylovchilarning 55 foizi ovoz berishi shartdir.

Top