13:54 / 27.01.2017
8980

Olmaota aeroportidagi Duty Free’da mog‘or bosgan qora ikra sotilayotgani ma'lum bo‘ldi

Ukrainaning “Orel va Reshka” ko‘rsatuvi boshlovchisi Regina Todorenko Instagram’dagi sahifasida Olmaota aeroportidagi Duty Free do‘konidan sifatsiz qora ikra xarid qilganini ma'lum qildi. 

«Qozog‘iston hafsalamni pir qildi! Bunday qimmat mahsulotlarni xarid qilishda ehtiyot bo‘ling. Men qora ikrani umrimda bir bor – 15 yil avval yeganman. Uni yana tatib ko‘rishga qaror qildim, u yerda esa meni mog‘or bosgan syurpriz qarshi oldi…» - deb yozgan qiz.

«Idishni ochdim, u yerda esa mog‘or. Hafsalam pir bo‘ldi... Olmaotadagi Duty Free ishchilariga murojaat qilmoqchiman: qanday qilib mog‘orli mahsulotni sotuvga qo‘yasizlar? Buning ustiga bu 5 yilda bir marotaba sotib olishga qurbingiz yetadigan qimmat narsa bo‘lsa», - deya o‘z noroziligini izhor etdi boshlovchi.

Regina ikra idishida qanday yaroqlilik muddati bo‘lganiga oydinlik kiritmagan.

Uning bu izohi katta bahslarga sabab bo‘ldi. Ba'zilar do‘kon peshtaxtalarida ko‘p hollarda «g‘aroyib syurprizlar» bo‘lgan mahsulotlar uchrab turishini aytishgan bo‘lsa, boshqalar Todorenkoning o‘zi haqida salbiy fikr bildirishdi – u ma'lum bir sotuvchi sabab butun Qozog‘iston va Olmaota shahri haqida yoqimsiz so‘zlarni ishlatgan.

«Reginani bu izohidan so‘ng har bir shaharda bepul ikra bilan kutib olishadi», - deya yozgan foydalanuvchilardan biri.

Mavzuga oid
Top