11:51 / 27.01.2017
11917

O‘zbekistonlik futbolchi birinchi oyligi 60-70 ming so‘m atrofida bo‘lgani haqida gapirdi

«Olmaliq» klubining endilikda sobiq futbolchisiga aylangan Zohir Pirimov O‘zbekistonda futbol orqasidan olgan birinchi maoshini yodga olib o‘tdi.

«Ilk marta «Qizilqum» jamoasida maosh olgandim — chamasi 60-70 ming so‘m edi. Uni to‘lig‘icha otamga berganman. Shu orqali oila byudjyetiga hissa qo‘shganman.

Futbolni tanlashimga aynan otam turtki berganlar. U kishi chinakam muxlis. Bolaligimda birga futbol ko‘rgani stadionga borardik. Samarqandning «Dinamo» jamoasi o‘yin­larini qoldirmasdik. Menda aynan o‘sha payt futbolga nisbatan kuchli qiziqish shakllangan», deya Pirimovning so‘zlarini keltiradi «Interfutbol».

Mavzuga oid
Top