12:27 / 28.01.2017
19493

Bill Geyts va Uorren Baffett Tramp vaqtida AQShning qanday rivojlanishiga oydinlik kiritdilar

AQSh prezident Donald Tramp boshchiligida jamiyatdagi ziddiyatni yenga oladi, oldinga harakat qiladi va bosqichma-bosqich rivojlanishni to‘xtatmaydi. Bunday fikrni Kolumbiya universitetida AQSh va dunyoning eng badavlat odamlari Bill Geyts va Uorren Baffett bildirdilar.

"Ishonamanki, Amerika oldinga harakat qiladi", deb javob berdi Baffett 1,3 ming talabaning savollariga javoban. Uning fikricha, "zamonaviy siyosatchilarni 20 yil oldinni ko‘zlab o‘ylashga majbur qilish qiyin", chunki ular ko‘pincha o‘zlarining qayta saylanishlari bilan mashg‘ullar, ularning qarorlari esa sof daromad olish istaklari bilan bog‘langan. "Bu yomon", deb aytgan Baffett. 

O‘tgan yili noyabrda CNBC telekanali ma'lum qilganidek, saylovoldi kampaniyasida Hillari Klintonni qo‘llab-quvvatlagan Baffettning boyligi Donald Tramp g‘alabasidan keyin 11 mlrd dollarga ko‘paygan. Bu asosan kompaniyalar aksiyalari narxining oshishi hisobiga yuz bergan.

Forbes jurnali Geytsning boyligini 85,2 mlrd dollarga, Baffetnikini esa 73,9 mlrd dollarga baholadi.

"Tramp ma'muriyati nisbatan yosh. Biz hozircha uning byudjyet borasidagi ustuvor vazifalari qanchalik hayotga tatbiq qilinishini bilmaymiz", deb aytgan Geyts. 

Mavzuga oid
Top