08:55 / 28.01.2017
5271

Boeing Pentagonga samolyotlar yetkazib berish shartnomasini yutib oldi

Foto: AP

AQShning Boeing korporatsiyasi Pentagonga 15 ta KC-46 rusumidagi yoqilg‘i quyuvchi samolyotni yetkazib berish bo‘yicha shartnomani qo‘lga kiritdi. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar bermoqda

Ma'lum qilinishicha, bitim qiymati 2,1 mlrd dollarni tashkil qiladi. Korporatsiya shartnoma bo‘yicha samolyotlar, ikkita qo‘shimcha dvigatel va bir nechta ehtiyot qismlar to‘plamini yetkazib beradi. 

Ta'kidlanishicha, shartnoma bo‘yicha ishlar 2019 yil avgustigacha bajarilishi kerak. 

Mavzuga oid
Top