23:39 / 28.01.2017
8661

Erdo‘g‘an Afrikaning 23 ta davlatiga tashrif buyurgan yagona turk siyosatchisi bo‘ldi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Turkiya tarixida Afrikaning 23 ta davlatiga tashrif buyurgan yagona siyosatchi bo‘ldi. 

Erdo‘g‘an bosh vazir va prezident lavozimlarida Afrikaning 23 ta davlatiga 39 marta tashrif buyurgan. Turkiya prezidenti oxirgi tashrif buyurgan Afrika davlatlari Tanzaniya, Mozambik va Madagaskar bo‘ldi.

Erdo‘g‘anning bu tashriflari Turkiyaning Afrika davlatlari bilan aloqalarining mustahkamlanishiga shubhasiz hissa qo‘shdi. Tashriflar davomida o‘nlab hujjatlar imzolangan. 

Erdo‘g‘an bosh vazir va prezident lavozimlarida o‘tirgan vaqtda Turkiyaning Afrika davlatlaridagi diplomatik missiyalari soni 2009 yildagi 12 tadan 2017 yildagi 39  tagacha yetdi. 

Erdo‘g‘an ilk bor tashrif buyurgan Afrika davlati Misr bo‘lgan va bu 2004 yilda yuz bergan.

Top