10:17 / 29.01.2017
5217

Kamerun termasi Afrika kubogi yarim finaliga chiqdi

Futbol bo‘yicha Kamerun terma jamoasi Afrika millatlari kubogi – 2017 1/4 finalida Senagal termasini mag‘lub etib, yarim finalga yo‘llanma oldi. Uchrashuv Gabonning Fransvil shahridagi «Stad de Fransvil» o‘yingohida bo‘lib o‘tgan. 

O‘yinning asosiy vaqti nursiz durang — 0:0 hisobida yakunlandi. Qo‘shib berilgan vaqtlarda ham jamoalar raqib darvozasini ishg‘ol qilishning uddasidan chiqa olishmadi. Penaltilar seriyasida esa, Kamerun futbolchilari sovuqqonroq bo‘lishdi — 5:4. Birgina noaniq zarbani Sadio Mane berdi, uning tepgan to‘pi darvoza yonidan o‘tib ketdi. 

Shunday qilib, Afrika millatlari kubogi – 2017 musobaqasining ikkinchi yarim finalchisi bo‘ldi. Bundan avval, kubok uchun da'vogarlar to‘rtligidan Burkina-Faso jamoasi o‘rin olgan edi.

Top