13:59 / 29.01.2017
15759

Karaxt qiluvchi video: AQShda pikap yo‘lovchi avtobusini vayron qildi

AQShning Sirakuzi shahrida (Nyu-York shtati) pikap va yo‘lovchi avtobusi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.  

Ushbu holat aks etgan videoda yuk mashinasi avtobusga kelib urilib, uning ichiga old g‘ildiraklari bilan kirib ketgani tasvirlangan.

Avariya oqibatida avtobusdagi bir necha yo‘lovchi jarohat olgan, avtobus haydovchisining ko‘krak qafasi shikastlangan. Pikapdagi ayol yo‘lovchi ham shifoxonaga yetkazilgan, haydovchiga hech narsa qilmagan.

Ta'kidlash joizki, avtobusda pikap kelib urilgan joyda o‘tirgan erkakning omadi kelgan – u mashina yaqinlashayotganini ko‘rib, to‘qnashuvga bir baxya qolganda oyna oldidan qochishga muvaffaq bo‘lgan, biroq zarba to‘lqini oqibatida u salonning narigi tarafiga uchib tushgan.

Huquq-tartibot muassasalari xodimlarining aytishlaricha, pikap haydovchisi chorrahada to‘qnashuvdan qochishga harakat qilib, rulni chap tomonga burgan va yo‘ldan chiqib ketib, katta tezlikda svetoforning qizil chirog‘ida turgan avtobusga kelib urilgan.

Top