AQSh prezidenti Donald Tramp hamda Rossiya yetakchisi Vladimir Putin telefon suhbati davomida Ukrainadagi inqirozning asosiy jihatlarini muhokama qilishdi. Bu haqda Kreml xabarida ma'lum qilindi.
Shuningdek, davlat rahbarlari Arab-Isroil nizosi, strategik barqarorlik va tarqalmaslik sohasi, Eron yadro dasturi atrofidagi va Koreya yarim oroliga oid vaziyatlar borasida so‘z yuritishdi.
"Bu va boshqa yo‘nalishlarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish kelishib olindi", – deyilgan xabarda.