15:07 / 29.01.2017
80162

Sh.Mirziyoyev: "Har kuni televizordan Koreya va Hindiston kinolarini ko‘rsatavermasdan dolzarb masalalarni ko‘tarish kerak"

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatida bo‘lib, u yerda bir qator yo‘nalishlar bo‘yicha vaziyatni muhokama qilib, muhim ko‘rsatmalar berdi. 

"Yangi ish o‘rinlarini yaratish, investitsiyalarni jalb qilish maqsadida viloyatning Yangiariq, Qo‘shko‘pir, Hazorasp tumanlarida yangi yaratiladigan korxonalarni barcha turdagi  soliq va to‘lovlardan (yagona ijtimoiy to‘lovdan tashqari) 2027 yilning 1 yanvarigacha, boshqa tumanlarda esa 2022 yilning 1 yanvarigacha ozod qilish ko‘zda tutilgan. 

Nima uchun bu ishlarni qilyapmiz? Oxirgi yillarda biz Xorazm viloyatida sanoatni rivojlantirishni ancha qo‘ldan boy berdik desak, adolatdan bo‘ladi. Hozir biz Hazoraspda erkin industrial zonamizni bu yilning o‘zida 25ta kelgusi 3 yilga rejalashtirilgan ishlarga qo‘l urdikki, Hazoraspda bir yilda 3000dan ortiq yoshlar kollejni bitiradi, ularni ishga joylashtirish kerak. 

Viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari, sizga katta topshiriq - sizlar ham yurishingiz kerak. Nazorat, talab qilish kerak, odamlarni ishontirish kerak, javobgarlikni bo‘yningizga olishingiz lozim. Sizda juda katta masala bu yerda - har kuni televizordan Koreya va Hindiston kinolarini ko‘rsatavermasdan, mana shu masalalarni aytish kerak: ey, uyg‘oninglar, shuncha imkoniyat berildi, amalga oshiringlar!

Vaqt shiddat bilan ketmoqda. Sanoat va qishloq qurilishlarida yangidan tashkil etiladigan ishlab chiqarish korxonalarida 47 000 dan ortiq kishi ish bilan ta'minlanadi. Dastur ijrosini ta'minlanishi viloyatda iqtisodiy o‘sishni 1,8 barobarga oshiradi", - deya ta'kidladi Shavkat Mirziyoyev. 

Top