08:33 / 29.01.2017
16408

Texasda bir oy ichida ikkinchi masjid yonib ketdi

AQShning Texas shtatida Islom markazi yonib ketdi. Mahalliy imomning aytishicha, yong‘indan ogohlantiruvchi signalizatsiya ishlamagan, yong‘in boshlanganda markaz eshiklari ochiq bo‘lgan, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi. 

Yong‘inni birinchi bo‘lib mahalliy do‘kon xodimi sezib qolgan va o‘t o‘chirish xizmatini chaqirtirgan. Yong‘inni o‘chirishga 4 soat ketganiga qaramasdan, binoni saqlab qolishning iloji bo‘lmagan. Texas o‘t o‘chirish boshqarmasi voqea sabablarini tergov qilishni boshlagan.

Ma'lum qilinishicha, 21 yanvarda kechki payt noma'lum kishilar shu markaz binosi eshigini buzib, uning ichiga kirib, bir nechta noutbuklarni o‘g‘irlab ketishgan.

Ta'kidlanishicha, markaz Texasda yanvar oyida yonib ketgan ikkinchi masjid bo‘ldi. Avvalroq Trevis ko‘li yonidagi masjid yoqib yuborilgandi.

Top