13:28 / 29.01.2017
15586

Texasda qushlarning yopirilishi videosi odamlarni qo‘rqitib yubordi

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari AQShning Texas shtatida qushlar yopirilishi videosini muhokama qilishmoqda.

Xyustondagi avtomobil yo‘li ustida charx urib uchayotgan qora qushlarning ulkan to‘dasi videosi foydalanuvchilar tomonidan "oxir zamon" va rejissyor Alfred Xichkokning "Qushlar" trilleriga qiyoslandi.

Mashina videoregistratoridan olingan videoda qushlar to‘dasi avtomobillarga yopirilayotgani va yo‘ldagi harakatga xalaqit qilayotganini ko‘rish mumkin. Mutaxassislar qushlarning o‘zini bunday tutishini yomon ob-havo bilan tushuntirishgan.

Mavzuga oid
Top