23:08 / 30.01.2017
7081

Aleksis Sanches Ispaniya jamoasidan taklif oldi

«Arsenal» hujumchisi Aleksis Sanches Madridning «Atletiko» klubidan taklif oldi. The Sun xabariga ko‘ra, madridliklar ushbu futbolchini yozda «MYu»ga o‘tib ketishi kutilayotgan Antuan Grizmann o‘rniga olib kelmoqchi.

28 yoshli chililik futbolchi «Arsenal» bilan 2018 yilning yoziga qadar tuzilgan shartnomasini uzaytirmayapti va Madrid klubi tomonidan berilgan foydali taklif haqida o‘ylamoqda.

Ayni paytda London klubi unga haftasiga 190 ming yevro maosh taklif qilmoqda, «Atletiko»ning taklifi miqdori esa 257 ming yevro.

Xabarda futbolchining o‘zi Madridga ko‘chib o‘tib, Diyego Simeone qo‘l ostida to‘p surishga qarshi emasligi qo‘shimcha qilingan.

Mavzuga oid
Top