08:56 / 30.01.2017
3543

«Marsel» Dimitri Payyetni o‘z tarkibiga qo‘shib olgani haqida rasman ma'lum qildi

«Vest Xem Yunayted» futbol klubi yarim himoyachisi Dimitri Payyet rasman «Marsel» jamoasi o‘yinchisiga aylandi. 29 yoshli futbolchi Fransiya klubi bilan 4,5 yillik shartnomaga imzo chekdi, deb xabar qilingan «Marsel» rasmiy saytida.

Avvalroq, «Marsel» Payyet transferi uchun 29 million yevro to‘lashi haqida xabarlar tarqagandi.

Eslatib o‘tamiz, Dimitri «Marsel» safida 2013-2015 yillarda ham to‘p surgan.

Payyet Angliya chempionatining joriy mavsumida 18 uchrashuv o‘tkazib, ikkita to‘p kiritdi va oltita golli uzatmani amalga oshirdi.

Mavzuga oid
Top