10:47 / 30.01.2017
33467

Opal English o‘quv markazida: 8 balli IELTS darslari, inglizcha matematika va bolalar uchun ingliz tili

Opal English — ingliz tili o‘quv markazida: 8 balli IELTS darslari, inglizcha matematika va bolalar uchun ingliz tili

Tashkil topganiga qisqa muddat bo‘lishiga qaramay o‘quvchilari IELTSdan 7—7,5 balli natija qayd etgan Opal English o‘quv markazi haqida avval xabar bergandik (http://kun.uz/52342699). Quyida esa ingliz tiliga ixtisoslashgan ushbu o‘quv markazining yangiliklari va yanada takomillashgani haqida so‘z yuritamiz.

1. IELTSning har bir bo‘limi bo‘yicha alohida o‘qituvchi dars o‘tmoqda.

Har bir yo‘nalishning o‘z mutaxassisi dars o‘tganda, talabalarning IELTSdan yuqori natija qayd etishi Opal English tajribasida qayd etildi.

Shu bois talabalarni o‘z yo‘nalishida kamida 8 ball natijaga erishgan, to‘rtta alohida o‘qituvchi IELTSga tayyorlamoqda va o‘quvchilardan ham kamida 8 balli natija kutiladi.

Bundan tashqari darslarning 50 foizini Speaking tashkil etadi. Bu esa imtihonning qiyin bosqichidan oson o‘tishni ta'minlaydi.

Shuningdek, ingliz tilida ravon suhbatlasha olish imkoniyati nafaqat IELTS imtihoni uchun zarur, balki kishining butun hayoti davomida muhim hisoblanadi.

2. Ingliz tiliga ixtisoslashgan matematika darslari.

O‘quvchilarning vaqtini tejash maqsadida Opal English o‘quv markazida ingliz tiliga ixtisoslashgan matematika darslari ham yo‘lga qo‘yilgan.

Ushbu guruh o‘quvchilari yurtimizdagi Vestminster, Turin, Inha va Singapur universitetlari hamda xorijiy oliygohlar imtihonlariga tayyorgarlik ko‘rishadi.

3. Yosh bolalar uchun ingliz tili darslari.

Opal English o‘quv markazida kichik bolalar uchun ham ingliz tili kurslari tashik etildi. Unda 6—12 yoshli bolalar ta'lim oladi. Darslar asosan o‘yinlar bilan bog‘liq holda o‘tkaziladi.

Shuningdek, o‘quv markazida tahsil olayotgan aka, opalari yonida kichik bolakaylar kelajak maqsadlarini aniq qo‘yish imkoniga ega bo‘lishadi. 

4. Darslar haftada 5 kun bo‘lib o‘tadi. Bundan tashqari, shanba va yakshanba kunlari ham qo‘shimcha darslar o‘tiladi. Ular asosan Speaking darslari bo‘ladi. Shanba kuni esa ingliz tilida film tomosha qilinadi.

Alohida ta'kidlab o‘tish kerakki, o‘quv markazi rahbari 5 yil Londonda ta'lim olgan va IELTSga tayyorlash uchun o‘z o‘quv metodini ishlab chiqqan. O‘quv markazida faoliyat yuritayotgan har bir o‘qituvchi ish boshlashi oldidan shu o‘quv metodi bo‘yicha treninglar qabul qiladi.

O‘quv markazining yana bir qulaylik tomoni esa «Chilonzor» metro bekati oldida joylashganida.

Marhamat tashrif buyuring, batafsil ma'lumot uchun quyidagi raqamlarga qo‘ng‘iroq qiling:

  • Manzil: Toshkent shahar, Chilonzor tumani;
  • Mo‘ljal: «Chilonzor» metro bekati va «Kasbino» supermarketi;
  • Telefon: (+998-95) 198-86-66, (+998-91) 551-46-08.

Reklama huquqi asosida. Xizmatlar litsenziyalangan. Opal Education nodavlat ta'lim muassasasi xizmat ko‘rsatadi.

Top