15:23 / 30.01.2017
7529

Peskov Tramp farmoni haqida: bu bizning ishimiz emas

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov AQSh yetakchisi Donald Trampning bir qator mamlakatlar fuqarolariga nisbatan qo‘llanilgan taqiq haqida izoh bermadi, deb xabar qildi TASS.

«Bu bizning ishimiz emas», - deya ma'lum qildi Peskov.

Avvalroq Trampning o‘zi muhojirlar haqidagi farmoni – bu AQShga barcha musulmonlarni kiritmaslik haqidagi cheklov emasligini aytib, OAVni uning qarorlarini noto‘g‘ri talqin qilishda ayblagandi.

Mavzuga oid
Top