19:48 / 30.01.2017
6425

«Sent-Eten» 3 kun oldin ijaraga olgan futbolchisini muxlislar g‘azabi tufayli qaytarib yubordi

Fransiyaning «Sent-Eten» klubi «Bolonya»dan ijaraga olingan yarimhimoyachi Antoni Mune bilan xayrlashdi.

Jamo bosh murabbiyi Kristof Galte 3 kun oldin jamoa safiga kelib qo‘shilgan 29 yoshli futbolchini «Tuluza» bilan o‘yinga zayavka qilmagan va uni ortga qaytarib yuborishga majbur bo‘lgan.

L’Equipe nashri xabariga ko‘ra, Mune klubning ashaddiy dushmani bo‘lmish «Lion» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va u bu jamoda 2 mavsum o‘ynagan. Muxlislar esa uning tashrifidan norozi bo‘lib, unga nisbatan dushmanlarcha munosabatda bo‘lishlarini e'lon qilishgandi.

Mavzuga oid
Top