18:52 / 31.01.2017
5085

2016 yilda yevrohudud mamlakatlari YaIM qanchaga o‘sgani ma'lum bo‘ldi

2016 yilda yevrohudud mamlakatlari yalpi ichki mahsuloti hajmi 1,7 foizga, Yevropa Ittifoqi yalpi ichki mahsuloti esa – 1,8 foizga o‘sdi. Bundan Eurostat ma'lumotlari guvohlik bermoqda.

Aniqlik kiritilishicha, 2016 yilning to‘rtinchi choragida yalpi ichki mahsulot hajmi avvalgi chorak bilan taqqoslaganda yevrohududda 0,5 foizga va Yevropa Ittifoqida – 0,6 foizga ortdi.

Yevrohudud yalpi ichki mahsuloti hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 8 foizga, Yevropa Ittifoqida esa 1,9 foizga oshgan

Avvalroq, 2017 yilning yanvarida yevrohududda iste'mol narxlari o‘sishi to‘rt yillik maksimum ko‘rsatkichni qayd etgani xabar qilingandi.

Top