08:01 / 31.01.2017
4748

BMT: butun dunyo bo‘ylab 74 mln yosh ish topa olmayapti

Butun dunyo bo‘ylab 74 mln ga yaqin yosh ish topa olmayapti, zo‘ravonlik va tahqirlashlarga uchramoqda hamda qochqinlarga aylanmoqda. Bu haqda BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish Nyu-Yorkda ochilgan BMTning Iqtisodiy va ijtimoiy kengashining yoshlar forumi ishtirokchilariga videomurojaatida aytib o‘tdi. 

"Dunyoda 74 mln yosh ish topa olmayapti. Qurolli ixtiloflar oilalarni larzaga solmoqda va rekord darajadagi yoshlarning uylarini tark etishga majbur qilmoqda. Hattoki tinchlik bor joyda ham yoshlar zo‘ravolik va tahqirlashdan aziyat chekmoqdalar", deb aytdi Guterrish.

Guterrishning aytishicha, BMT bosh qarorgohidagi forum ishtirokchilari ularni insoniyat uchrayotgan muammolar qayg‘uratayotganini namoyish qildilar. "Kambag‘allik, ishsizlik, iqlim o‘zgarishi, tengsizlik, adoldatsizlik... Siz, sizning do‘stlaringiz va butun dunyo yoshlari shu sharoitlarda yashamoqdasiz", deb ta'kidlab o‘tdi Guterrish. 

Uning aytishicha, BMT yoshlarning fikrini eshitmoqchi. "Sizlarning barchangizda ixtiloflarni bartaraf etish, inson huquqlarini himoya qilish, tinchlikni ta'minlash va 2030 yilgacha barqaror rivojlanish sohasidagi dolzarb vazifalarni amalga oshirish uchun iste'dod, quvvat va ideallar bor", deb aytdi BMT bosh kotibi.

Yoshlar forumi 2012 yildan boshlab ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish masalalarini muhokama qilish uchun o‘tkaziladi. Joriy yilda unda 700 kishi, jumladan yoshlar siyosati vazirlari ishtirok etmoqda. Forum doirasida Rossiyada 14-22 oktabr kunlari o‘tadigan Butunjahon yoshlar va talabalar festivali taqdimoti bo‘lib o‘tadi.   

Top