12:53 / 31.01.2017
5217

Ford Breksit sababli 600 mln dollar yo‘qotdi

AQShning Ford avtomobilsozlik konserni Breksit oqibatlari sababli 600 mln dollar yo‘qotdi.

Ford’ning Yevropadagi rahbari Jim Farli Reuters axborot agentligiga kompaniya o‘tgan yili Yevropada 1,2 mlrd dollar ishlab topganini tasdiqladi. Agar Buyuk Britaniya Yevropa Ittifoqidan chiqishga qaror qilmaganda daromad yanada ko‘proq bo‘lishi mumkin edi.    

Breksitning oqibatlaridan biri funt sterlingning zaiflashishi bo‘ldi, bu esa Buyuk Britaniyada dvigatellar ishlab chiqaruvchi ikkita zavodi bo‘lgan Ford’ning 600 mln dollar yo‘qotishiga sabab bo‘ldi. Ford Buyuk Britaniyaga Yevropaning boshqa davlatlarida yig‘ilgan mashinalarni eksport qiladi.  

Mavzuga oid
Top