00:46 / 31.01.2017
18375

«Lokomotiv» yilning eng shov-shuvli transferini amalga oshirishi mumkin

Toshkentning «Lokomotiv» yangi mavsum oldidan eng kutilmagan transferni amalga oshirishga yaqin turibdi. Jamoa eng raqobatchisining yetakchi futbolchisini o‘z safiga qo‘shib olishni ko‘zlamoqda.

Tribuna.uz yozishicha, Toshkentning «Paxtakor» jamoasi yarimhimoyachisi Jaloliddin Masharipov «Lokomotiv»ga o‘tishga yaqin turibdi.

«Temiryo‘lchilar» hozircha qanday shartlar evaziga Masharipovni o‘z tarkibiga qo‘shib olayotganlari noma'lum bo‘lib turibdi. «Paxtakor» bilan yana ikki yillik shartnomaga ega bo‘lgan futbolchi katta ehtimol bilan ijara asosida «Lokomotiv» safiga o‘tadi.

Top