12:55 / 31.01.2017
6236

AQShda qazib olish hajmi oshishiga qaramay neft narxi pasaydi

Seshanba kuni ertalabki savdolarda neft narxlari AQShdagi burg‘ulashning faollashishi fonida pasaydi.

Soat 11.27 da Brent turidagi neft fyucherslari 0,11 foizga pasayib, bir barrel uchun 55,17 AQSh dollarini tashkil qildi.

Amerikaning WTI nefti fyucherslari bu vaqtda 52,49 dollardan sotilgan, ya'ni avvalgi savdo kuni yopilgandan 0,27ga kamroq.

Brent yanvardagi maksimal cho‘qqidan 5,6 foizga tushib ketgan bo‘lsa, WTI – 3 foizga pasaydi.

AQShdagi burg‘ulash qurilmalari soni o‘tgan hafta davomida 15ta ko‘payib, 566tani tashkil qildi. Bu 2015 yilning noyabridan beri eng yuqori ko‘rsatkich.

Tahlilchilar fikricha, burg‘ulash ishlari va AQShdagi neft qazib olishning faollashishi OPeK va kartelga kirmaydigan davlatlarning qazib olish hajmini kamaytirish to‘g‘risidagi kelishuvidan farqli ravishda yuz bergan.

"Narxlarning oshishi (neftga) AQShdagi ishlab chiqarish hajmini ko‘payishiga olib keladi. U yerdagi burg‘ulash qurimalari soni hozirdan ortib bormoqda", - deya aytib o‘tishdi Jefferies banki tahlilchilari.

Shu sababdan bank Brent’ga bo‘lgan narxlar bashoratini o‘zgarishsiz qoldirdi: 2017 yilda u taxminan bir barrel uchun 57,75 AQSh dollaridan sotilsa, 2018 yilda – barrelga 71,75 dollar.

AQShda neft qazib olish hajmi 2016 yilning o‘rtasidan 6,3 foizga ortib, bir sutkada 8,96 million barrelga yetdi, deb ko‘rsatib o‘tishgan AQSh energetika ma'lumoti boshqarmasida.

Goldman Sachs taxminiga ko‘ra, AQShda neft qazib olish "2017 yilda sutkasiga 290.000 barrelga oshadi".

Mavzuga oid
Top