12:48 / 31.01.2017
8571

«Real» ingliz klublariga Benzemani taklif qildi

«Real» jamoasi prezidenti Florentino Peres jamoaning fransiyalik hujumchisi Karim Benzemadan qutilmoqchi.

Diario Gol xabariga ko‘ra, «qaymoqranglilar» jamoasi ushbu futbolchining xizmatlarini Londonning «Arsenal» va «Chelsi» jamoalariga taklif etgan.

Qayd etilishicha, 29 yoshli futbolchiga «PSJ»dan ham qiziqish mavjud.

Jamoa shu yilning yozida Per-Emerik Obameyangni sotib olishi kutilmoqda. Benzema esa mavsum davomidagi o‘yinlarda vaziyatlarni golga aylantirishda oqsamoqda.

Bundan oldingi xabarlarda Peres 2018 yilda «Real» yetakchisi, shu yili 32 yoshni qarshilayotgan Krishtianu Ronalduni sotib yubormoqchi ekani aytilgandi.

Benzema joriy mavsumda jamoasi uchun barcha turnirlar doirasida 27 uchrashuv o‘tkazdi va 8 gol urib, 4 golga hammualliflik qildi.

Transfermarkt.de portali uning transfer qiymatini 60 mln yevroga baholagan, futbolchining «Real» bilan amaldagi shartnomasi muddati 2019 yilga qadar tuzilgan.

Top